Andijon viloyati IIB boshligʻi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv-muloqot oʻtkazdi
2025-12-23 12:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 22-dekabr kuni Boʻston tumanida Andijon viloyati IIB boshligʻi Sanjar Djabarov tomonidan otaliqqa olingan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv-muloqot oʻtkazildi.
Muloqot davomida yoshlarning kundalik hayoti, taʼlim olish jarayonlari, kasbga qiziqishlari hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan choralar ham muhokama qilindi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir masala masʼullar ishtirokida atroflicha oʻrganilib, ularning aksariyati shu joyning oʻzida hal etildi.
Ayrim otaliqqa olingan yoshlarning muammolari joyiga chiqqan holda manzilli oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









