Yoshlar — kelajak bunyodkori. Bizning faxrimiz
2025-12-20 12:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 24-noyabr — 4-dekabr kunlari boʻlib oʻtgan Asosiy fan olimpiadasining Jizzax viloyat bosqichida 15 ta fan yoʻnalishida salkam 30 ming nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
IIV Jizzax akademik litseyining 2-bosqich oʻquvchisi Davlat Ergashev huquq fanidan faxrli birinchi oʻrinni egallab, bilim bobida tengdoshlari orasida tengsiz ekanini koʻrsatdi.
Bu Davlatning ilk yutugʻi emas. U oʻtgan oʻquv yilida ham aynan huquq fani boʻyicha olimpiadaning hududiy bosqichida gʻolib boʻlgandi. Joriy yilda 86,5 ball toʻplab, oʻtgan yilgi koʻrsatkichini yanada yaxshiladi.
Litseyimizda konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik va oila huquqi, maʼmuriy huquq, jinoyat huquqi, davlat va huquq tarixi va nazariya-si kabi umumtaʼlim fanlari chuqurlashtirilgan tarzda, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda oʻtiladi.
Bu nafaqat huquq amaliyoti, balki qonun ijodkorligi uchun ham boshlangʻich poydevor boʻlib xizmat qiladi, — deydi huquq fani oʻqituvchisi Feruza Nosirova.
Davlat oʻz natijalarini akademik litseydagi taʼlim jarayoni, ustozlari bilan bogʻlaydi. Huquq, ingliz tili fanlarini qunt bilan oʻrganyapman, — deydi u. — Yaqinda ingliz tili boʻyicha milliy sertifikat imtihonini topshirdim.
Sport bilan shugʻullanaman. Litsey hayoti oʻz ustimda ishlash, boʻlgʻusi kasbiy koʻnikma-larga ega boʻlish, ijobiy fazilatlarni shakllantirishga sabab boʻlmoqda.
©️ “Postda” gazetasi, Muqaddas Saparova. Jizzax viloyati.
