Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan Yangi yil bayrami oʻtkaziladigan joylarda xavfsizlik chora-tadbirlari oʻrganib chiqildi
2025-12-20 10:00:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida “Yangi yil bayrami” tadbirlari oʻtkazilishi davrida jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Ushbu oʻrganishlar davomida bayram tadbirlari oʻtkaziladigan hududlarda xavfsizlik chora-tadbirlarining tashkil etilganligi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish holati hamda turli noxush holatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, favqulodda holatlar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida masʼul xizmatlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan shaxsiy tarkibning xizmat faoliyatini yanada samarali tashkil etish, xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati








