Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati tomoindan Yangi yil munosabati bilan Qarshi shahrida xavfsizlik holati oʻrganildi
2025-12-20 09:00:00 / Yangiliklar

Yangi yil bayrami arafasida Qarshi shahrining markaziy hududlarida oʻrnatilgan bayramona archalar hamda ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, yongʻin va favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur yoʻnalishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov tomonidan Qarshi shahrida joylarda amaliy oʻrganishlar olib borildi.
Oʻrganishlar davomida aholi gavjum hududlar, bayram tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar hamda koʻchalarda xizmat olib borayotgan ichki ishlar boʻlimlari xodimlari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlarda bayram tadbirlariga jalb etilgan kuch va vositalarni oqilona joylashtirish, xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish, jamoat tartibini mustahkamlash hamda tadbirlarni tinch va osoyishta oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
Masʼul xodimlarga fuqarolar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, bayramona archalar atrofida xizmat olib borish tartibi, idoralararo hamkorlik va fuqarolar bilan muloqot madaniyati atroflicha oʻrganildi.
Ushbu chora-tadbirlar Yangi yil bayramini aholi uchun xavfsiz, osoyishta va quvonchli
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati





