Buxoro jamoalari voleybol boʻyicha ikki yirik musobaqada gʻalaba qozondi
2025-12-18 11:30:00 / Yangiliklar

Buxoro shahrida voleybol sport turi boʻyicha qizlar oʻrtasida U-20 Oʻzbekiston kubogi hamda oʻgʻil bolalar oʻrtasida U-21 Oʻzbekiston chempionati doirasidagi final uchrashuvlari yuqori saviyada, keskin va murosasiz bahslar ostida boʻlib oʻtdi.
Qizlar oʻrtasidagi U-20 Oʻzbekiston kubogi musobaqasida Buxoro viloyati jamoasi barcha uchrashuvlarda ishonchli gʻalabalarga erishib, finalda Xorazm viloyati jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etdi va musobaqa gʻolibiga aylandi. Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrinni Buxoro viloyati, 2-oʻrinni Xorazm viloyati, 3-oʻrinni esa Jizzax viloyati jamoasi egalladi.
Shuningdek, oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan U-21 Oʻzbekiston chempionatida ham Buxoro viloyati jamoasi yuksak mahorat namoyon etdi. Yarim finalda Jizzax viloyati jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etgan buxoroliklar final bahsida Qoraqalpogʻiston Respublikasi jamoasi ustidan ham 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, chempionlikni qoʻlga kiritdi. Chempionat yakuniga koʻra, 1-oʻrin — Buxoro viloyati, 2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 3-oʻrin — Navoiy viloyati jamoalariga nasib etdi.
Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindor jamoalar viloyat hokimi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mutasaddilari tomonidan medallar, kuboklar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









