Jizzax viloyati IIB rahbariyatining fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqoti oʻtkazildi
2025-12-15 14:25:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazdi.
Shaxsiy qabulda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar masʼullar ishtirokida atroflicha oʻrganildi. IIV Jizzax Akademik litseyida oʻtgan qabulda 35 kishining muammolari tinglandi.
Xususan, ishga joylashish, pullarni undirish, qonunbuzarlarga chora koʻrish, oilaviy va mol-mulk mojarolari, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, firibgarlik, tergov-surishtiruvga oid masalalarga masʼullar ishtirokida yechim izlandi.
Qabulda asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal qilinishiga qaratildi.
Qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilinganlari ish yurituviga olinib, ularning ijrosi yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilangan holda masʼullarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









