Kecha va bugun oʻrtasidagi bogʻliqlik: IIV faxriylari Andijonda
2025-12-14 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 11-dekabr kuni Andijon viloyati IIB majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi IIV faxriylar kengashi aʼzolari — isteʼfodagi polkovniklar Mirazim Sagatov, Oʻtkir Ahmedov hamda IIV Moliya va moddiy-texnika departamenti boʻlim boshligʻi podpolkovnik Yuldashev Nizomiddinlar ishtirokida Andijon viloyati IIB Moliya va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi rahbariyati va xodimlari, shuningdek, bir guruh faxriylar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda faxriylar hozirgi kunda xizmat olib borayotgan xodimlarga oʻz hayotiy va kasbiy tajribalarini yaqindan oʻrtoqlashdilar. Shuningdek, qonunchilikka qatʼiy rioya qilish, ustoz-shogird anʼanalarini yanada mustahkamlash, faxriylar bilan hamnafas boʻlish boʻyicha oʻz maslahat va koʻrsatmalarini berdilar.
Tadbirda ushbu sohada uzoq yillar xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriy xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi IIV faxriylar kengashining “ IIV faxriysi” koʻkrak nishonlari hamda “Faxriy yorliq”lar tantanali ravishda topshirildi.
Uchrashuvdan soʻng, Andijon viloyati IIBning “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









