Samarqandda sportning “Kurash” turi boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida “Respublika chempionati” oʻtkazilmoqda
2025-12-13 16:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 12-13-dekabr kunlari Samarqand viloyati sportning Kurash turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida “Respublika chempionati” musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.
Samarqand shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi general mayor Toxir Aripov va viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga omad va zafarlar tiladi.
Giyohvandlikka qarshi kurashish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish shiori ostida oʻtkazilayotgan mazkur musobaqaning birinchi kunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoalarining 4 ta vazn toifasidagi sportchilari oʻzaro bellashib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqada sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilarga diplom, medal va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Musobaqaning 4 ta vazni toifasidagi sportchilar joriy yilning 13-dekabr kuni oʻzaro bellashadilar.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









