IIV JXD YHXX rahbariyati tomonidan Surxondaryo viloyatida qishki mavsumga tizimli tayyorgarlik koʻrish, yoʻl infratuzilmasining holatini baholash va xizmat koʻrsatish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi
2025-12-13 09:40:00 / Yangiliklar

Dastlab Jarqoʻrgʻon tumanida amalga oshirilgan oʻrganish doirasida tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, mavjud tuz-qum zaxiralari, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda qish mavsumida xizmat koʻrsatishga moʻljallangan texnikalarning tayyorligi atroflicha oʻrganildi. YHXX rahbari tomonidan muassasa xodimlari va masʼullariga yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarini kamaytirish hamda profilaktika tadbirlarini kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, tuman masʼullari tomonidan M41 xalqaro avtomobil yoʻli va davlat ahamiyatiga ega boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdim etildi.
Denov shahridan oʻtuvchi D170d avtomobil yoʻlining PK93-40 — PK131-00 qismiga yoʻlni ajratuvchi temir toʻsiq oʻrnatish masalasi, shuningdek ushbu yoʻlning 0–2 kilometr oraligʻidagi xavfli uchastkani bartaraf etish boʻyicha mavjud muammolar oʻrganildi va kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan choralar belgilab olindi.
Navbatdagi oʻrganish Shoʻrchi tumanida boʻlib, tuman YHXG 3-tumanlararo ROʻ va IOB faoliyatini koʻzdan kechirildi. Joylarda fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifati, xodimlarning murojaatlarga munosabati, maʼmuriy bino va xizmat xonalari oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha viloyat masʼullariga aniq topshiriqlar berildi.
Oʻrganish ishlari viloyat boʻylab izchil davom ettirilmoqda.









