Ekologik barqarorlikni taʼminlash ishlari kuchaytirilmoqda
2025-12-12 09:00:00 / Yangiliklar

Masʼul tashkilotlar hamda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan viloyatning bir nechta tumanlarida issiqxonalardagi qozonlar filtrsiz ishlayotgani va bu holat atmosferaga zararli moddalar chiqarilishiga sabab boʻlayotgani aniqlanib, oʻrganishlar tashkil etildi.
Tekshiruvlar davomida Toshkent tumanidagi “Fayzobod“, “Kalas“ va “Xasanboy“ mahallalarida joylashgan issiqxonalar koʻrib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha zarur choralar koʻrildi, havoni ifloslantirish omillari bartaraf etildi va issiqxona egalariga MJtKning tegishli moddalari asosida bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan issiqxona egalariga ekologik xavfsizlik talablari, yonilgʻidan toʻgʻri foydalanish qoidalari, majburiy filtr qurilmalarining standartlari hamda chiqindilarni belgilangan tartibda yoʻq qilish boʻyicha muhim tushuntirishlar berildi.
Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan omillarni aniqlash, ekologik nazoratni kuchaytirish va atmosferani ifloslanishdan muhofaza qilishga doir hamkorlikdagi tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.






