Fargʻona viloyatida qurilish obyektlarida ekologik nazorat va atmosfera havosini muhofaza qilish choralari kuchaytirilmoqda
2025-12-09 09:00:00 / Yangiliklar

Atmosfera havosi sifatini yaxshilash maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari boʻyicha muntazam ravishda reyd va nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda. Qurilish jarayonida chang koʻtarilmasligi uchun suv sepish, suv purkagich uskunalarini oʻrnatish va ularni muntazam ishlatish boʻyicha talablar kuchaytirilgan.
Buvayda tumani “Yangiqoʻrgʻon” MFY hududida ham ushbu ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Joyiga chiqib oʻrganish jarayonida qurilish obyektlarida ekologik talablarga rioya etilish holati koʻzdan kechirildi.
Qurilish obyekti masʼullariga ish faoliyati davomida atmosfera havosini ifloslantirmaslik, chiqindilar bilan belgilangan qoidalarga muvofiq ish olib borish, qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur koʻrsatma va ogohlantirish xati taqdim etildi.

