Andijonda yoshlarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi
2025-12-10 06:50:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh gʻoya asosida Andijon viloyatning barcha shahar-tumanlarida, xususan, Andijon shahri, Asaka, Shahrixon, Paxtaobod, Buloqboshi hamda Oltinkoʻl tumanlarida bayram arafasida 16 yoshga toʻlgan yigit-qizlarga fuqarolikni tasdiqlovchi ID -kartalarni topshirish tadbirlari tashkil etildi.
Oltinkoʻl tumani IIBda tashkil etilgan xuddi shunday tadbirda Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov ishtirok etib, katta hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan yoshlarni bayram bilan samimiy qutlab, ularga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi ID-kartalarni tantanali ravishda topshirdi.
Albatta bu yangi hujjatlar nafaqat ularning huquqiy maqomini mustahkamlaydi, balki masʼuliyat va fuqarolik burchini teran his etishga chorlaydi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati





