Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan xavfsizlik, ekologik holat va qishki tayyorgarlik oʻrganilmoqda
2025-12-09 13:55:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 10-noyabr kunidagi 416-sonli “Respublikada ob-havoning keskin pasayishi, noqulay ob-havo sharoiti natijasida tabiiy gaz, ichimlik suvi va energetika sohalaridagi uzilishlar borasida eʼtirozlar ortib borayotganligi sababli jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash hamda hududlarda Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, har xil koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov tomonidan viloyat hududida faoliyat olib borayotgan oziq – ovqat va tijorat bozorlarida, yongʻin xavfsizligi, ekologik muhitni yaxshilash, qish mavsumini betalafot oʻtkazish va obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganildi.
Navbatdagi oʻrganish Oltinsoy tumanida davom ettirilib, masʼullarga gaz va elektr taʼminoti tizimi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlaridan iborat kichik ishchi guruhlar tashkil etilish aholining hayoti hamda mulki xavfsizligini taʼminlash, bozor hududida faoliyat olib borayotgan savdo nuqtalarida yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, isitish tizimlari, qoʻlbola gaz va elektr jihozlardan foydalanish, gaz va koʻmirdan zaharlanish holatlarining oldini olish boʻyicha targʻibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, ekologiya va atrof-muhitga zaharli is gazlari va moddalar chiqishining oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, tadbirkorlik subyektlari yangi zamonaviy ekologik texnologiyalarga oʻtishi zarurligi uqtirilib, bozor mutasaddilariga ekologiya va atrof muhitni asrash yuzasidan nazoratni kuchaytirish, aholiga xizmat koʻrsatuvchi oshxonalarning dud boʻronlariga maxsus filtrlar oʻrnatish, bozor ishchi xizmatchi xodimlariga hamda tadbirkorlarga xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari, yongʻin oʻchirish avtomobillarining erkin harakatlanishini tadbirkorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan toʻsib qoʻymasliklari yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Prezidentimizning PQ–1-sonli qarori ijrosi hamda “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabrga qadar “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar taʼkidlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.
Hozirda viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati






