IIV Malaka oshirish institutida navbatdagi oʻquv kurslari yakunlandi
2025-12-07 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida barcha tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tasdiqlangan qoʻshma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari malakasini oshirish dasturi doirasida navbatdagi oʻquv kurslari yakunlandi.
Mashgʻulotlarga respublika davlat boshqaruv va huquq-tartibot organlari, davlat va nodavlat tashkilotlarning rahbar xodimlari, boy amaliy tajriba va yuqori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar hamda mutaxassislar, shuningdek, Vazirlikning tegishli sohaviy xizmat xodimlari jalb etildi.
Oʻquv kursida nazariy va amaliy mashgʻulotlar zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda interfaol usullarda davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashgʻulot shaklida olib borildi.
Ushbu kurslarda Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari ham yuridik bilimlar, maxsus kasbiy tayyorgarlik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarini yanada mustahkamladilar.
Oʻquv jarayonida xizmat sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini kuchaytirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish va ularni kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan vazifalarga tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Komissiya tarkibida yakuniy sinovlar qabul qilinib, muvaffaqiyatli topshirganlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti









