Buxoro viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan Buxoro shahrida tungi jamoat tartibini taʼminlash holati oʻrganildi
2025-12-06 22:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 207-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabriga qadar respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktika tadbirining uchinchi bosqichi doirasida Buxoro viloyati IIB boshligʻi tomonidan 2025-yil 4-dekabrdan 5-dekabrga oʻtar kechasi Buxoro shahrida tungi vaqtlarda aholi osoyishtaligini taʼminlash holati oʻrganildi.
Dastlab, Buxoro shahar “Ark” qoʻrgʻoni oldida oʻrnatilayotgan Yangi yil archasi jarayonlari hamda ushbu hududda aholining xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Shundan soʻng, Buxoro shahar IIO FMB 2-sonli IIB navbatchilik qismi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek, Buxoro shahar Islom Karimov koʻchasida tungi xizmatga jalb qilingan Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari bilan xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazildi.
Buxoro viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik shtabi faoliyati bilan tanishildi va ushbu yoʻnalishda xizmat olib borayotgan soha xodimlari bilan kunlik vaziyat muhokama qilindi.
Buxoro shahar IIO FMB 3-sonli IIB navbatchilik qismi faoliyati oʻrganildi. 3-sonli IIB boshligʻining kriminogen vaziyat boʻyicha axboroti tinglanib, murojaatlarga zudlik bilan eʼtibor qaratish, jinoyat alomatlari mavjud holatlar boʻyicha tezkor-tergov guruhining voqea joyiga chiqishini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yakunda Buxoro shahar IIO FMB 1-sonli IIBning navbatchilik qismi faoliyati oʻrganilib, murojaatlarning oʻz vaqtida va qonuniy hal qilinishi, shuningdek, jinoyat alomatlari mavjud holatlarga tezkor-tergov guruhining darhol yuborilishi boʻyicha yoʻriqnoma berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









