Qidiruvda boʻlgan ayol Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi
2025-12-05 18:00:00 / Yangiliklar

«Xavfsiz va sogʻlom yurt« keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona oʻrtasidagi samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi.
Ushbu hamkorlik natijasida Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan va uzoq yildan buyon qidiruvga boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.
Maʼlumotlarga koʻra, jinoyat kodeksining 244¹-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, 2006-yildan buyon qidiruvda boʻlgan, 1962-yilda tugʻilgan fuqaro A.D olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qoʻlga olindi va Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti
