Ichki ishlar organlari yoshlar nigohida
2025-12-05 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida kelajagimiz asoschilari boʻlgan faol yoshlarga Ichki ishlar organlari tarixi, faoliyati. tarkibiy tuzilmasi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, yoshlar va huquq-tartibot idoralari oʻrtasidagi ochiq muloqotni rivojlantirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar oʻrtasida profilaktik ishlarni samarali olib borish yoʻnalishlarida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida ochiq muloqot tarzida savol-javoblar tashkil etilib, yoshlarni qiziqtirgan mavzular muhokama qilindi.






