Yoshlar sport ruhi va doʻstlik muhitida: Fargʻonada voleybol boʻyicha Vazir Kubogi saralash bosqichi start oldi
2025-12-05 00:15:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari oʻrtasida oʻtkaziladigan IIV Vaziri Kubogi musobaqasining saralash bosqichi Fargʻona shahrida boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur musobaqa yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sportga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish, shuningdek, akademik litseylar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Musobaqa davomida oʻquvchilar oʻz mahorati, jamoaviy ishlash koʻnikmalari va yuksak sport madaniyatini namoyon etishmoqda.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Gʻolib jamoalar keyingi bosqichda munosib ishtirok etishlariga ishonch bildiramiz.









