IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli 7551-sonli harbiy qismda voleybol boʻyicha musobaqa oʻtkazildi
2025-12-04 14:05:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7551-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha Komandir kubogi musobaqasi tashkillashtirildi.
Musobaqa, harbiy xizmatchilar orasida sportni ommalashtirish, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilib, unda harbiy qism miqyosidagi 4 ta jamoa oʻzaro gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.
Murosasiz, shiddatli va hayajonli tarzda oʻtgan bellashuvlarda ishtirokchilar yuqori mahorat hamda jismoniy faollik koʻrsatgan holda qiziqarli bahslarni taqdim etishdi.
Musobaqa yakunida, gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari taqdirlandilar.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi axborot guruhi



