Andijon viloyati IIB rahbariyati ishtirokida “Nurli maskan” maxsus maktab-internatida bayramona uchrashuv oʻtkazildi
2025-12-04 14:00:00 / Yangiliklar

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Asaka tumanidagi Andijon viloyati IIB otaligʻiga olingan 16-sonli “Nurli maskan” maxsus maktab-internatida “Mehrim sizga aziz insonlar“ shiori ostida ezgulikka boy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirga tashrif buyurgan Andijon viloyati IIB boshligʻi Sanjar Djabarov yigʻilganlarni bayram tantanasi bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida bayramona chiqishlar, qiziqarli oʻyinlar, sovgʻa-salomlar hamda samimiy suhbatlar bolajonlarning yuziga quvonchli tabassum, koʻngillariga esa begʻubor shodlik bagʻishladi.
Ushbu kun – mehr, muruvvat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada yuksaltirish, jamiyatimizning barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratish yoʻlidagi ezgu saʼy-harakatlar davom etayotganining yaqqol ifodasidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









