Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sherobod tumanida tungi faoliyat, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari oʻrganildi
2025-12-01 10:00:00 / Yangiliklar

Dastlab, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov Sherobod tumani hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida tuman markazida tungi xizmatga jalb etilgan tuman ichki ishlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda hamkorlikdagi jamoatchilik tuzilmalaridan tarkib topgan xodimlarga kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan xizmat oldi yoʻriqnoma berilib, tungi xizmat faoliyati oʻrganildi.
Shundan soʻng, tuman Ichki ishlar boʻlimi maʼmuriy binosi xavfsizligi, tuman hududidagi kuzatuv kameralarining tuman navbatchilik qismiga integratsiya qilingani, ushbu kuzatuv kameralari soz va ishchi holatdaligi, navbatchilik qismi, tergov-tezkor guruhi faoliyati, xodimlarning xizmat xonalaridagi sharoitlari, bino atroflarining obodonlashtirilganligi koʻzdan kechirilib, binoning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi.
Shu bilan birga tuman IIB Qoʻriqlash boʻlimi hamda Sherobod tumani hududida joylashgan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti toʻrtinchi mintaqaviy hudud 41-son manzil koloniyasi maʼmuriy binolari oʻrganilib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va obodonlashtirish, xavfsizlik talablariga javob berishligi, amalga oshirilgan ishlar holati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish” shtabi faoliyati oʻrganilib, tuman hududida aholining eʼtirozlariga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
“Qoʻrgʻon” mahallasidagi 1- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab hududini tungi vaqtda xavfsizligini taʼminlash, qoʻriqlov pultiga ulanganligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari oʻrganilib, oʻquvchilar oʻrtasida davomat, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Oʻrganish yakunida, Prezidentimizning PQ–1-sonli qarori ijrosi hamda “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabrga qadar “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar taʼkidlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha viloyat va shahar IIB masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.
Hozirda viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tungi faoliyat ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









