Namangan viloyati IIB binosida boshqarma rahbariyatining fuqarolar uchun qabuli oʻtkazildi
2025-12-01 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida boshqarma rahbariyati tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida navbatdagi qabul tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — fuqarolarning turli yoʻnalishlardagi muammo va takliflarini joyida oʻrganish, huquqiy yordam koʻrsatish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashdan iborat.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan 32 ta masala yuzasidan murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlar huquqiy, ijtimoiy, maʼmuriy sohalar, shuningdek ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq yoʻnalishlarni qamrab oldi.
Murojaatchilardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilinib, ularga zarur huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Navbatdagi qabul aholiga amaliy yordam berish, murojaatlarni tezkor va samarali hal etish, shuningdek ichki ishlar organlari bilan fuqarolar oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





