Buxoro viloyati IIB rahbariyati tomonidan Qorovulbozor tumanida tungi tartib va osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha keng qamrovli oʻrganish ishlari olib borildi
2025-11-29 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 207-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek 20-noyabrdan 20-dekabrgacha respublika miqyosida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktika tadbirining uchinchi bosqichi hamda viloyatda davom etayotgan “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik” maxsus tadbir doirasida Buxoro viloyati IIB boshligʻi tomonidan Qorovulbozor tumanida tungi faoliyat holati oʻrganildi.
Tadbir dastlab tuman IIBda tashkil etilgan navbatchilik qismi faoliyatini oʻrganishdan boshlandi. “102” tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
Tashrif davomida, “Tinchlik” mahallasidagi “Buyuk ipak yoʻli” koʻchasi boʻylab piyoda oʻrganish amalga oshirilib, yoʻl boʻyida joylashgan obyektlarning kechki faoliyati koʻzdan kechirildi.
Hududda xizmat olib borayotgan YPX inspektorlarining vazifalarni bajarish jarayoni tekshirilib, ularning xizmat majburiyatlari yuzasidan suhbat tashkil etildi.
Shuningdek, tumanning “Yoshlar bogʻi” hududida xavfsizlikka eʼtibor qaratilib, navbatchilik qilayotgan qoʻriqlash xizmati xodimlari bilan muloqot oʻtkazildi.
Mazkur bogʻ ichida joylashgan Qorovulbozor sport maktabining faoliyati oʻrganilib, yoshlarning sport bilan shugʻullanishi boʻyicha sharoitlar tahlil qilindi.
“Choʻlquvar” mahallasida ham xuddi shunday oʻrganishlar olib borilib, profilaktika inspektoriga hududni qatʼiy nazoratga olish va jinoyatga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan omillarni bartaraf etish boʻyicha topshiriq berildi.
Tadbirlar davomida, Qorovulbozor Tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurilib, bemorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi. Isitish qozonlari, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi koʻzdan kechirildi.
Shundan soʻng “Tinchlik” mahallasi raisi bilan uchrashildi, profilaktika inspektori xonasi holati oʻrganilib, jinoyatchilik ahvoli boʻyicha berilgan hisobot tinglandi.
Jinoyatlarni oldini olish yuzasidan qoʻshimcha topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









