Zamonaviy kriminologiyada kiberjinoyatchilikka qarshi kurashning dolzarb masalalari ilmiy-amaliy jihatdan muhokama qilindi
2025-11-28 11:25:00 / Yangiliklar

Tadbirda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, shuningdek, huquq-tartibot idoralari hamda respublikadagi nufuzli taʼlim muassasalarining yuksak salohiyatga ega mutaxassis-ekspertlari va olimlar ishtirok etdilar.
Konferensiya doirasida kiberjinoyatchilikning zamonaviy tendensiyalari, axborot xavfsizligini taʼminlashda davlat va nodavlat tuzilmalar oʻrtasidagi hamkorlik mexanizmlari, xalqaro tajribada kiberxavfsizlikni mustahkamlash usullari, raqamli maydonda huquqbuzarliklarning oldini olish strategiyalari hamda tergov-surishtiruv jarayonlariga ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbir yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy takliflar toʻplam koʻrinishida rasmiy tarzda chop etilishi, shuningdek, konferensiya mavzusiga oid ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha masʼul organlarga taqdim etilishi uchun alohida axborot-tahliliy hujjat tayyorlash belgilandi.
Kriminologiya tadqiqot instituti




