Namanganda yoʻllar xavfsizligini taʼminlashda masʼuliyat kuchaytirildi
2025-11-27 11:00:00 / Yangiliklar

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida IIV JXD Yoʻl Harakati Xavfsizligi xizmati boshligʻi tomonidan Namangan viloyati YHXB binosida shaxsiy tarkib ishtirokida yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Unda asosiy eʼtibor Namangan viloyati hududida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, tartib-intizomni mustahkamlash va huquqbuzarliklarga qatʼiy chek qoʻyishga qaratildi.
Shu boisdan barcha yoʻnalishlarda reyd nazorati kuchaytirilishi, haydovchi va piyodalar tomonidan qoidalarga soʻzsiz amal qilinishini, “Qonun ustuvor – jazo muqarrar”ligini taʼminlash lozimligi boʻyicha xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Xizmat davomida xodimlardan hushyorlik, masʼuliyat va xizmatga sadoqat bilan ishlash talab etildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









