Namangan viloyatida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda
2025-11-26 22:00:00 / Yangiliklar

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida IIV JXD YHXX boshligʻi tomonidan Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarining YPX hamda PPX xodimlari ishtirokida navbatdagi yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Yoʻriqnoma davomida xizmat intizomini kuchaytirish, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda yoʻllarda sodir boʻlayotgan huquqbuzarliklarga nisbatan keskin va samarali choralar koʻrish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, oʻtkazilayotgan tezkor profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va yoʻllarda tartib-intizomni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Maʼlumot uchun qoʻpol qoidabuzarliklarga qarshi reyd tadbirlari barcha hududlarda muntazam davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati









