Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati tumanlarida oʻrganish ishlari olib borilmoqda
2025-11-26 10:00:00 / Yangiliklar

Masʼullar tomonidan amalga oshirilgan oʻrganishlar davomida issiqxonalar qozonlarida maxsus chang-gaz tozalash filtr moslamalarining oʻrnatilmaganligi, shuningdek, mavjud filtrlarning samaradorlik darajasi belgilangan meʼyorlarga javob bermasligi sababli, atmosferaga zararli moddalar chiqib ketayotgani aniqlandi. Bu holat oʻz navbatida Toshkent shahrida havoning ifloslanishiga hamda issiqxonalardan chiqayotgan tutunlar va zaharli gazlar ekologik holatni yomonlashishiga olib keladi.
Bundan tashqari, issiqxona hududlari dron texnologiyasi yordamida kuzatilib, ayrim issiqxonalarda ekologik meʼyorlar buzilganligi toʻgʻrisida ishonchli dalillar toʻplandi.
Mutaxassislar tomonidan olingan natijalarga asoslanib, issiqxona egalariga ogohlantirishlar berildi. Ular bilan ekologik meʼyorlarga rioya etish hamda maxsus filtr moslamalarini oʻrnatish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilib, aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha 8 nafar fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar shahar aholisi uchun toza va sogʻlom atrof-muhit yaratish uchun xizmat qiladi.Toshkent viloyatidagi ekologik vaziyatni yaxshilash va havoning ifloslanishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻrganish va tekshiruvlar boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettiriladi.









