Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasida yil yakuniga tayyorgarlik koʻrish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan video-selektor tarzidagi tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-11-26 10:00:00 / Yangiliklar

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli Qarori va “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ijrosini taʼminlash, joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabr kuniga qadar oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda yil yakuniga tayyorgarlik koʻrish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan video-selektor tarzidagi tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda, viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Babadjanov, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov, viloyat prokuraturasi masʼul xodimlari, viloyat IIB boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, viloyat IIB barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman studiyalaridan tuman IIB boshligʻi va oʻrinbosarlari, barcha sohaviy xizmat xodimlari, tuman prokurori va oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.
Viloyat IIB boshligʻi polkovnik T.Ismailov kun tartibidagi masalalarni tanishtirib, viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan mahallalarda bajarilgan ishlar tahlil qilinib, bu boradagi ishlarni samarali olib borish, axborot texnologiyalari sohasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirini 5 kuni davomida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib, bu boradagi ishlar tanqid qilindi. Xususan, giyohvand va psixotrop moddalar, pirotexnika vositalari, oʻtkir tigʻli buyumlarni aniqlash, jamoat tartibi saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transport hodisalarining oldini olish, atrof muhitni ifloslanishini oldini olish, atmosfera tozaligini taʼminlash choralarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi B.Babadjanov ham davlatimiz rahbari tomonidan qaror asosida belgilab berilgan vazifalarni har-bir hududga biriktirilgan masʼullar vijdonan bajarishlari, viloyat hamda Respublika rahbariyati huzurida oʻtkaziladigan muhokama yigʻilishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berib borish, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni jilovlash, sodir etilgan jinoyatlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etib borish, tungi xizmatga xizmatga biriktirilgan xodimlar tomonidan “tungi reyd” tadbirlarini sifatli tashkil etish, maʼmuriy nazoratga olinadigan shaxslar bilan manzilli ishlash borasida aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yigʻilish davomida, Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan hududlarni kameralashtirish, bino va inshootlarni, xizmat koʻrsatish shoxobchalarini, aholi xonadonlarini qoʻriqqa olish ishlarini shahar-tuman rahbarlari bilan hamkorlikda faoliyatini yanada jonlantirish taklifi bildirildi.
Shuningdek, viloyat-shahar va tuman studiyalaridan ishtirok etayotgan masʼullarning muammo va takliflari tinglandi.
Yigʻilish yakunida, shahar-tumanlarga biriktirilgan viloyat IIB masʼullari joylarga chiqqan holda kunlik amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni tashkil etish aniqlangan muammo va kamchilliklarni joyida bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan tegishli topshiriqlar olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





