“Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish uchun birlashaylik“ kompaniyasi doirasida ayollar uchun oʻquv-seminari oʻtkazildi
2025-11-26 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-son qarorida banklar va toʻlov tashkilotlarining kiberjinoyatlarning oldini olish hamda aholining kibermadaniyatini oshirish boʻyicha faoliyatni kuchaytirishi belgilangan.
Shu munosabat bilan har yili noyabr oyi “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” sifatida oʻtkazilib, ushbu davrda aholi oʻrtasida kiberxavfsizlikka oid tushuntirish ishlari kengaytiriladi.
Shu doirada joriy yilning 25-noyabr kuni “Agrobank” ATB tizimida ayol xodimlar uchun kiberxavfsizlik va raqamli xavflarni oldini olishga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda kiberbulling, internetda taʼqib qilish, shaxsiy maʼlumotlarni ruxsatsiz tarqatish, texnologiyalar orqali yashirin kuzatuv, onlayn firibgarliklar va soxta akkauntlar kabi raqamli xatarlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, raqamli makonda oʻzini muhofaza qilish, xavfli vaziyatlarni qanday tanish va ulardan qanday saqlanish borasida amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi.
Seminarning asosiy maqsadi — ayollar va qizlar oʻrtasida raqamli xavflardan xabardorlikni oshirish, ularning kibergigiyenaga oid bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashdan iborat boʻldi.








