Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti rahbariyati Surxondaryo viloyatida kriminogen vaziyatni oʻrganish va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ilmiy-amaliy ishlar olib bormoqda
2025-11-26 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti rahbariyati boshchiligidagi ilmiy mutaxassislar jamoasi tomonidan Surxondaryo viloyatining kriminogen vaziyati ilmiy-amaliy yondashuv asosida tahlil qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, vazirlikning sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan hududlarda amaliy yordam koʻrsatish va faoliyatni oʻrganish boʻyicha tasdiqlangan reja-grafik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.
Olib borilgan kompleks tadqiqotning ilmiy natijalari va xulosalari asosida Surxondaryo viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olish qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Oʻrganishlar jarayonida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati tarkibida uzoq yillar profilaktika inspektori lavozimida faoliyat yuritgan tajribali xodimlar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning amaliy taklif va mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Angor tumanidagi mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti









