Buxoro viloyat IIB rahbariyati tomonidan hududlardagi ijtimoiy soha va infratuzilma tayyorgarligi koʻzdan kechirildi
2025-11-26 10:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari boʻyicha Buxoro viloyati hokimi boshchiligida viloyat prokurori, viloyat IIB boshligʻi, viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda viloyat “ishchi guruhi” tomonidan keng qamrovli oʻrganishlar olib borildi.
Tashrif davomida, Kogon shahridagi “Ziyokor” mahallasi hamda Kogon tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarida hududlarning obodligi, “namunaviy xavfsiz koʻcha” va “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tizimi, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Shuningdek, Buxoro tumani, Vobkent, Shofirkon hamda Gʻijduvon tumanlarida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, aholining uzluksiz issiqlik, elektr va tabiiy gaz bilan taʼminlanishi, ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarlik darajasi, yoʻl va koʻcha infratuzilmasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shu bilan birga hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Buxoro viloyat IIB Axborot xizmati






