IIV Akademiyasida qisqa muddatli oʻquv yigʻini tashkil qilindi
2025-11-25 15:15:00 / Yangiliklar

Mashgʻulotlarga hududlardan Tergov va Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek Kadrlar bilan taʼminlash boʻlimlari boshliqlari jalb etildi.
Tinglovchilar ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek tergov, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va kadrlar bilan ishlash faoliyatiga qoʻyilayotgan asosiy talablar, bu boradagi dolzarb vazifalar ijrosini taʼminlash, amaliyotga tatbiq qilingan yondashuvlar asosida natijadorlikni oshirish yuzasidan bilim va koʻnikmalarini oshirdilar. Bundan tashqari, joylardagi sayyor mashgʻulotlar davomida tizimdagi yangiliklar bilan tanishib, oʻzaro tajriba almashdilar.
Ichki ishlar vazirligi vakillari va Akademiya professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilgan mashgʻulotlar yakunida tinglovchilardan sinov imtihonlari qabul qilindi. Shuningdek oʻquv yigʻini ishtirokchilari taʼlim muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati







