Qarshi shahrida profilaktika, jamoat tartibi va xavfsizlik masalalarini oʻrganish boʻyicha bir qator oʻrganish va uchrashuvlar amalga oshirildi
2025-11-25 11:10:00 / Yangiliklar

Oʻrganish davomida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.Shundan soʻng, boshqarma boshligʻi Paxtazor MFY hududida boʻlib, mahalladagi kuzatuv kameralarining ishlash holati, qoʻriqlash tizimlari, domofonlar faoliyati, tungi xizmat xodimlarining patrullik jarayoni bilan tanishdi. Hududda fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Oʻrganish jarayonida polkovnik Abduvoxid Ismoilov shahardagi metan yoqilgʻi quyish shoxobchasida ham boʻlib, obyektdagi yongʻin xavfsizligi talablari, kuzatuv kameralarining faoliyati, qoʻriqlash tizimi va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish imkoniyatlarini oʻrgandi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi Qarshi shahridagi mehmonxonalar, savdo markazlari va jamoat joylarida ham boʻlib, u yerdagi jamoat tartibini saqlash, profilaktika choralari, kuzatuv kameralarining ishlash holati, tun-u kun qoʻriqlash tizimlari va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni oʻrgandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









