Surxondaryo viloyati IIB boshligʻining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2024-04-27 17:15:00 / Yangiliklar

Yurtimizda aholi murojaatlari bilan ishlaydigan mexanizmning shakllanishi xalqning davlat va jamiyatdan roziligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar asnosida, xalq bilan muloqot maydoni vujudga kelib muammo va masallar yechimiga vertikal yondashilmoqda. Bu esa albatta samaradorlikda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentning viloyatdagi xalq qabulxonasi va Viloyat IIB masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham fuqarolarning murojaatlariga yechim izlandi.
Davlatimiz rahbari aholining turmush darajasini yaxshilash, farovonligini oshirish, yaqin kelajakda emas bugun munosib sharoitlarda yaxshi yashashini taʼminlash aholining roziligi ortida mutasaddilarning koʻngil xotirjamligi halovati turishi lozimligini bod-bod takrorlaydilar. Shundan boʻlsa kerak jamiyatimizdagi barcha darajadagi rahbarlar tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqilgan. Shunga asosan tashkil etilgan mazkur sayyor qabulda 15 nafardan oshiq fuqarolar, tergov, tergovga qadar tekshiruv, moddiy yordam, ishga tiklash va boshqa masalalarda murojaat qilishdi. Yuzma-yuz muloqotlarda tizim xodimlarining faoliyatidan minnatdor boʻlganlar fuqarolar ham ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida murojaatlardan 8 tasi ijobiy hal etildi. Oʻrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi masʼulligida joyiga chiqqan holda yechimi taʼminlanishi taʼkidlandi. Albatta bunday yondashuv ziddiyatli munosabatlarning barham topishiga va qonunlar ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





