IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari ishtirokida profilaktik-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirildi
2025-11-24 10:00:00 / Yangiliklar

IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari tomonidan A.Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universitetida, Milliy rassomlik va dizayn institutida hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbirlar oʻtkazildi.
“Giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni isteʼmol qilish, shuningdek diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyalari va taʼsiriga tushib qolish holatlari oldini olish” mavzusidagi maʼruza va taqdimotlar talabalarga keng qamrovli tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalarga oliy taʼlim muassasalarida kuzatilgan jinoyatlar statistikasi va ularning oldini olishga qaratilgan Prezident qaror va farmonlarining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi.
Profilaktik tadbirlarda tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari vakillari ham qatnashdi. Yakunda “Hayot akademiyasi” hujjatli filmi namoyish etildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati






