Fargʻonada “Eng yaxshi psixolog“ koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda
2025-11-22 12:35:00 / Yangiliklar
Viloyatda Ichki ishlar vazirligi tizimida oʻtkazilayotgan “Eng yaxshi psixolog“ koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Tanlovda viloyat bosqichlarida gʻoliblikka erishgan jami 17 nafar mutaxassislar qatnashmoqda.
Nizom talablaridan kelib chiqib, ishtirokchilarning psixologiya sohasiga oid bilimlari va kasbiy mahorati 4 shart asosida sinovdan oʻtkazilyapti.
Hakamlar hayʼati har bir ishtirokchining chiqishlarini adolatli tarzda, 100 balli tizim boʻyicha baholab bermoqdalar.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati



