IIV Malaka oshirish institutida navbatdagi profilaktik tadbir oʻtkazildi
2025-11-22 11:10:00 / Yangiliklar
“Mayor” maxsus unvoni olish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish oʻquv kursi tinglovchilari bilan “Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash – asosiy vazifamiz” mavzusida vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Taʼlim muassasalari boʻyicha boʻlimi xodimlari tomonidan profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbir xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etish, poraxoʻrlik, tamagirlik va korrupsiyaning oldini olishga bagʻishlandi. Tinglovchilarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxoʻrlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʻlish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.
Tadbirda “Nafsning soʻnggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati


