IIV ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyatida oʻrganishlar olib borildi
2025-11-22 07:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor D.Nazarmuhamedovning topshirigʻiga asosan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyati ichki ishlar organlari faoliyati, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganildi.
Xususan, ishchi guruh rahbari – IIV MMI va KBTD boshligʻining oʻrinbosari tomonidan viloyatning 11 ta shahar-tumanlari hamda 4 ta mustaqil boshqarmalarida xizmat olib borayotgan xodimlarning kundalik faoliyati tekshirilib, bilim saviyalari va kasbiy koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.
Tekshiruv va oʻrganish tadbirlari yakunida viloyat ichki ishlar organlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha boshliq oʻrinbosarlari va barcha kadrlar boʻyicha masʼul xodimlar ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda IIV ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yakuniy yigʻilish oʻtkazilib, mavjud ahvol muhokama etildi.
Shuningdek, ishchi guruh rahbari tomonidan viloyat IIB rahbariyati hamda tegishli masʼullarga aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati





