Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida giyohvandlikka qarshi kurash boʻyicha amaliy oʻquv seminari boʻlib oʻtdi
2025-11-19 17:05:00 / Yangiliklar

Seminar davomida muhtaram Prezidentimizning mazkur farmonida belgilangan vazifalar, profilaktika inspektorlarining vakolatlari, joylarda profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi mexanizmlar hamda ularning ijro etilish tartibi atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashishda aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini kuchaytirish, yoshlar oʻrtasida xatarli illatlarning oldini olish, profilaktika hisobida turuvchi shaxslar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
Seminar ishtirokchilari belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda masʼuliyatni oshirish, hududlarda aholi salomatligini muhofaza qilish va milliy genofondni asrash yoʻlida tizimli ishlarni davom ettirishga chaqirildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






