Navoiy viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabulida fuqarolarning yechim talab muammolari tinglandi
2025-11-19 12:15:00 / Yangiliklar
Xalq dardini tinglash, odamlar muammosiga yechim topish, aholi bilan yaqindan muloqot oʻrnatish har bir rahbar oldidagi eng dolzarb va eng ustuvor vazifadir.

Ayni shu maqsadda Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik, Azat Tasbayevning navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi. Boshqarma boshligʻi tomonidan har bir murojaat atroflicha oʻrganildi. Ularning aksariyati ijobiy hal etildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi esa nazoratga olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati




