Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Jizzax viloyatida ichki ishlar organlarining jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik tekshiruvlari yakunlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
2025-11-18 14:31:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov boshchiligida Jizzax viloyatida vazirlik ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyati ichki ishlar organlarining jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik hamda rahbarlarning shaxsiy tarkibni boshqarish boʻyicha bilim saviyasini amaliy va nazariy tarzda tekshiruv yakunlari yuzasidan aniqlangan kamchiliklar muhokamasi hamda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar borasida yigʻilish oʻtkazildi.
Mazkur yigʻilishda Jizzax viloyati boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, IIV SHHBB Jizzax viloyati boʻyicha boʻlimi va Idoraviy hamkorlik boshqarmasi boshliqlari, barcha mustaqil boshqarma, boʻlim boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va ularning birinchi va JXX boʻyicha oʻrinbosarlari hamda tashkiliy boʻlim va boʻlinma boshliqlari qatnashib, dunyoda va qoʻshni davlatlarda yuzaga kelayotgan harbiy siyosiy vaziyatlardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday holatlarga ruhan va jismonan tayyor boʻlishlari, xodimlarning jangovar shayligi va jismoniy tayyorgarligini oshirish, mavjud texnika va qurol-aslahalardan jangovar xizmat vaqtlarida toʻgʻri foydalanish borasida bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda hamda hamkorlikdagi tadbirlarda hamkasblari orasida alohida oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarga mudofaa vazirligi tomonidan koʻkrak nishoni topshirildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati






