Namangan viloyati IIB binosida boshqarma rahbariyatining fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-11-17 09:00:00 / Yangiliklar

Ushbu qabul aholining murojaatlarini bevosita oʻrganish, muammolarini joyida hal etish hamda huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolardan turli yoʻnalishlarda kelib tushgan jami 26 ta murojaat atroflicha oʻrganildi.
Murojaatlar asosan sohaga daxldor masalalar, huquqiy tushuntirishlarga ehtiyoj va quyi tizim faoliyatiga oid taklif va eʼtirozlar hamda shaxsiy muammolarni hal etishga qaratilgan holatlarni oʻz ichiga oldi.
Murojaatchilarning arizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, ularga zarur huquqiy tushuntirishlar, amaliy maslahatlar va tegishli idoralarga murojaat qilish tartibi boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish va tekshiruv talab etilgan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga aniq vazifa va koʻrsatmalar yuklatildi.
Muammolarning oʻz vaqtida va sifatli hal etilishi maqsadida berilgan topshiriqlarning ijrosi boshqarma rahbariyati tomonidan alohida va doimiy nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






