Fargʻona viloyat IIB boshligʻi tomonidan navbatdagi qabul oʻtkazildi
2025-11-16 17:50:00 / Yangiliklar
Fuqarolarning murojaat va muammolarni eshitish, hal qilish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash, Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan bugun qabullar oʻtkazildi.

Qabul davomida 45 nafar fuqarolardan turli masalalarda 49 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 16 tasi joyida ijobiy hal etildi.
13 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 20 ta murojaat boʻyicha kompleks oʻrganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha masʼullariga alohida vazifalar yuklatildi va nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






