Xorazm viloyati IIB boshligʻi tomonidan aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida qabul oʻtkazildi
2025-11-16 17:20:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid, shuningdek, ijtimoiy, huquqiy, mehnat va maʼmuriy yoʻnalishlardagi 20 dan ortiq murojaatlar bildirildi. Murojaatlar jinoyat ishlarini koʻrib chiqish, fuqarolik-huquqiy nizolar, jamoat tartibini saqlash, profilaktika inspektorlari faoliyati va boshqa masalalarni oʻz ichiga oldi.
Boshqarma boshligʻi tomonidan har bir murojaat sinchiklab tinglanib, fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish va amaliy chora koʻrishni talab etgan masalalar tegishli xizmat rahbarlariga yuklatilib, qatʼiy nazoratga olindi.
Taʼkidlash joizki, ichki ishlar organlarida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularning ariza va shikoyatlarini adolatli koʻrib chiqish hamda har bir murojaatga tizimli yondashish — sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
Shu kabi shaxsiy qabullar orqali fuqarolarning muammolariga qonuniy va amaliy yechim topish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi va ichki ishlar organlari oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlashga erishilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati






