Toshkent shahar IIBBda Tashkiliy boshqarma hamda hududiy Tashkiliy boʻlim faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi
2025-11-16 12:25:00 / Yangiliklar
Unda ijro madaniyati va xizmat intizomini mustahkamlash, bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish, tashkiliy boʻlim va boʻlinmalar faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asosida fuqarolarni qabul qilish, ariza va shikoyatlar, murojaatlarni belgilangan muddatlarda adolatli va xolisona koʻrib chiqish, murojaatchilarning haq-huquqlarini toʻliq taʼminlash mavzulari muhokama qilindi.

Tadbirda maʼruzachilar tomonidan ishtirokchilarga ichki ishlar organlari oldiga qoʻyilgan vazifalarning joylarda ijrosini samarali tashkillashtirish, xizmatni oʻtash davomida vazirlikning meʼyoriy hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilish, ijro intizomini taʼminlashga doir chora-tadbirlar boʻyicha zarur maʼlumotlar yetkazildi.
Seminar qatnashchilari yuqoridagi jarayonlar samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish boʻyicha oʻz takliflarini ham bayon etib, qator savollariga maʼruzachilar tomonidan javoblar olishdi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati


