Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri yoshlar bilan uchrashdi
2025-11-16 10:30:00 / Yangiliklar

Afsuski, ushbu yaratilgan keng imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanmay turli qingʻir ishlarga qoʻl urayotgan talaba yoshlar ham oramizda borligi tanqid qilindi. Soʻnggi vaqtlarda ayrim talaba yoshlar huquqbuzarlik va jinoyatlarga qoʻl urib jinoyat yoʻliga kirib qolgani achinarli holat ekanligi, bunday holatlarga talaba yoshlar takroran qoʻl urishining oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari ham olib borildi va universitet tyutorlariga va masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida vazir yoshlarni qiynayotgan masalalar va takliflarini tinglab, ularga har qanday muammolarini hal qilishda va amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi. Talaba yoshlar vazirga oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi hamda talaba yoshlar vazirga oʻz minnatdorchiligini bildirib, kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan kiberxavfsizlik yoʻnalishida talaba yoshlarga targʻibot ishlari olib borildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati





