Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan xavfsizlik choralari va qishki tayyorgarlik ishlari oʻrganildi
2025-11-15 20:10:00 / Yangiliklar

Dastlab, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasi profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan tanishib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi va jamoatchilik tuzilmasiga yoʻriqnoma oʻtkazdi.
Mazkur mahallada tungi xizmatga jalb etilgan yettilik, qish mavsumi shtabi aʼzolari va jamoatchilik bilan suhbatlashilib, mahallada “ijtimoiy profilaktik” tadbirlarni manzilli tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ushbu mahallada joylashgan “Surxondaryo viloyat issiqlik taʼminoti MCHJ” RK-5 markaziy qozonxonasi faoliyati bilan tanishildi.
Mazkur mahalladagi 1- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab hududini tungi vaqtda xavfsizligini taʼminlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari oʻrganilib, oʻquvchilar oʻrtasida davomat, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Shundan soʻng, “Yangiturmush” mahallasida joylashgan “Baraka” savdo markazida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar bilan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar hamda sohaviy xizmat rahbarlari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Shu bilan birga, “Navroʻz” mahallasida joylashgan Tibbiyot birlashmasida tungi navbatchilik faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari oʻrganilib, aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Oʻrganish yakunida Prezidentimizning PQ–1-sonli qarori ijrosi hamda “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar taʼkidlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha viloyat va shahar IIB masʼullariga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Hozirda viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tungi faoliyat ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









