Sirdaryo viloyati IIB, Guliston davlat universiteti hamda boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirokida psixologik seminar-trening mashgʻuloti tashkil etildi
2025-11-15 19:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi PQ-10-sonli qaroriga muvofiq ichki ishlar organlarida psixologik taʼminlashning sifat jihatidan samaradorligini yanada oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan psixologlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish orqali yetuk mutaxassis-psixolog kadrlar safini yanada kengaytirish shuningdek, Soʻngi yillarda yutimizda psixologik xizmatni tashkil etish va rivojlantirish masalasi, alohida tadqiqot yoʻnalishi sifatida eʼtiborga olinmoqda Ichki ishlar organlari tizimida ham psixologik xizmatni samarali tashkil etishni samarali usullari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ularni amaliyotda qoʻllash masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Bugungi kunda ichki ishlar organlarida psixologik xizmatni joriy etish boʻyicha olib borilayotgan nazariy, ilmiy va amaliy ishlar xodimlarning maʼnaviy-ruhiy holatini mustahkamlashda muhim omil boʻlib xizmat qilib kelmoqda.
Shu maqsadda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimlarning maʼnaviy-ruhiy holatini yaxshilash va doimiy nazorat qilib borish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV MMI va KTD masʼul xodimlari, Guliston davlat universiteti malakali professor oʻqituvchilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining oliy toifali mutaxassis-psixologlari hamkorligida Ichki ishlar organlari faoliyatida “profayling metodining oʻrni” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Oʻtkazilgan seminar-treningda ichki ishlar organlari xodimlarga jinoyatni sodir qilgan shaxsning psixologik qiyofasini tuzish, huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslarning amalga oshirgan xatti-harakatlarini kuzatish orqali kelgusida jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilishga moyil boʻlgan shaxslarni aniqlash yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida xodimlarga IIO xodimlarining umumiy dunyoqarashi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, gʻurur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini oshirish bilan bogʻliq psixologik maslahatlar berib oʻtildi. Bundan tashqari kasbiy maishiy, stress (zoʻriqish), depressiya va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish boʻyicha psixologik tavsiyalar berib oʻtildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati



