Fargʻona viloyati Toshloq tumanida “Kiberjinoyatchilikni oldini olish” mavzusida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-11-15 13:50:00 / Yangiliklar

Tadbir tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim sohasi rahbarlari hamda maktab va MTTlar masʼullari ishtirokida oʻtkazildi.
Yigʻilishda taʼlim tizimida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni taʼminlash, pedagoglar oʻrtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Maʼruzachilar tomonidan korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish, xodimlar masʼuliyatini oshirish va jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, taʼlim muassasalarida “Korrupsiyasiz jamiyat quramiz” shiorlarini aks ettiruvchi banner va axborot stendlari oʻrnatish zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligini taʼminlash, elektron hujjat aylanmasi va raqamli tizimlarda ochiqlikni oshirish kabi dolzarb masalalar ham muhokama etildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






