Ota izidan. Faxrdir, sharafdir vatanga xizmat
2025-11-11 23:00:00 / Yangiliklar

Donishmandlardan biri shunday yozgan edi: “Bolalarda Vatanga muhabbat uygʻotishning eng yaxshi vositasi otalarning Vatanni sevishlaridir”.
Darhaqiqat, aksar oilalarda oʻgʻil bolalar ota kasbiga havas bilan ulgʻayishadi. Chunki otalar oʻzlari bilmagan holda farzandlari qalbida sevgan kasblariga muhabbat uygʻotadi.
Otam Zakir Kushenov ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilgan isteʼfodagi katta serjant. Unga havas qilib, shu sohani tanlaganman, — deydi kapitan Baurjan Kushenov. — Otam men uchun ideal inson.
Men har doim uningdek boʻlishga intilaman, unga oʻxshagim keladi. Tarbiya borasida kezi kelganda qattiqqoʻl va talabchan boʻlgan. Maktabda yaxshi oʻqishimizni doim nazorat qilib borardi. Kitob oʻqishni yaxshi koʻradi. Otamning Vatanga sadoqati, muhabbati kuchli. Tanlagan kasbimda ham u kishiga oʻxshasam, deyman.
Baurjan Kushenov ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2014-yili Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida boshlagan.
Ayni paytda Sergeli tumani IIO FMB Probatsiya bolimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
Ichki ishlar organlari tizimida Vatanni sevuvchi oʻgʻillar, oʻgʻillariga har jihatdan oʻrnak boʻladigan otalar koʻpaysin, deymiz.
Zotan, sharafli yolni tanlaganlar hech qachon kam boʻlmaydi.
©️ “Postda” gazetasi, Adolat Fayziyeva, Toshkent shahri.
